Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

“Milliy iqtisodiyotning resurs tejamkor iqtisodiy rivojlanish modeliga oʻtish strategiyasi” 2026 yil 25 aprel kuni otkiziladigan Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman


 Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti

“Milliy iqtisodiyotning resurs tejamkor iqtisodiy rivojlanish modeliga oʻtish strategiyasi”

2026 yil 25 aprel kuni otkiziladigan

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

АХBOROT ХАТI

           Jahon iqtisodiyotining beqarorligi, geosiyosiy vaziyatning va  raqobat  muhitining keskinlashuvi sharoitida resurstejamkor iqtisodiy rivojlanish modeliga oʻtish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Tabiiy, iqtisodiy, moliyaviy va inson resurslaridan samarali va oqilona foydalanish barqaror iqtisodiy rivojlanishning hamda atrof-muhitni muhofaza qilishning asosiy omili sifatida qaralmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev 2025-yil 4-aprelda Samarqandda boʻlib oʻtgan Xalqaro iqlim forumidagi nutqida: «Oʻzbekiston resurstejamkor va ekologik toza iqtisodiy rivojlanish modeliga oʻtayotganligiga”- alohida eʼtibor qaratdi.
          Yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston – 2030” Strategiyasida milliy iqtisodiyotning resurs va energiya sarfini kamaytirish, “Yashil iqtisodiyot”ga oʻtish, uning asosi boʻlgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish koʻrsatkichlarini keskin oshirish, yer-suv resurslaridan samarali foydalanish, ishlab chiqarishga resurs va energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy qilish, iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirish, ekologik vaziyatni tubdan yaxshilashga qaratilgan keng qamrovli maqsad va vazifalar belgilangan.
Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjuman milliy iqtisodiyotni resurs tejamkor rivojlanish modeliga oʻtkazish jarayonida mavjud muammolarning yechimlarini ilmiy asosda ishlab chiqish, ushbu yoʻnalishdagi ilgʻor xorijiy tajribalarni tahlil qilish hamda xalqaro ilmiy hamkorlik aloqalarini kengaytirishga qaratilgan. Shuningdek, anjuman doirasida iqtisodiyotda jahon talablariga mos resurstejamkor rivojlanish modellari, ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Anjuman doirasida ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy xulosa va tavsiyalar milliy iqtisodiyotda barcha resurslardan tejamli foydalanishni taʼminlash, innovatsion rivojlanishni jadallashtirish hamda korporativ va ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
           Anjumanning maqsadi – Milliy iqtisodiyotni resurstejamkor rivojlanish modeliga oʻtishning strategik yoʻnalish va maqsadlarini amalga oshirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.


Anjumanning vazifalari:

  • «Oʻzbekiston -2030” Strategiyasida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish boʻyicha belgilangan maqsadlarni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilish hamda amaliy takliflarлар ishlab chiqish;
  • “Yashil iqtisodiyot”ga oʻtishning ustuvor yoʻnalishlari va amaliy natijalarini tahlil qilish;
  • iqtisodiyotga resurs va energiya tejamkor zamonaviy texnologiyalarni keng tadbiq etish masalalarini muhokama qilish;
  • resurstejamkor rivojlanish modeliga oʻtishda raqamli texnologiyalar va suʼniy intelektni qoʻllashni yanada kengaytirish;
  • inson kapitalini rivojlantirish asosida mehnat resurslaridan  samarali foydalanish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish;
  • mahalliy tabiiy-resurs salohiyatdan oqilona va samarali foydalanish asosida hududalarni barqaror rivojlantirishni taʼminlash;
  • rivojlangan davlatlarning sirkulyar iqtisodiyotni shakllantirish tajribasi va ulardan Oʻzbekiston amaliyotida foydalanish imkoniyatlari;
  • talabalarda yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston – 2030” Strategiyasi hamda barqaror rivojlanish boʻyicha bilim va amaliy koʻnikmalarni shakllantirish.

Konferensiya mavzusining asosiy yo‘nalishlari

1-shoʻba. Iqtisodiy rivojlanishning resurs tejamkor modeliga oʻtishning nazariy jihatlari

2-shoʻba. Real sektor tarmoqlarida resurs tajamkor texnologiyalarni joriy etish.

3-shoʻba. “Yashil” iqtisodiyotga oʻtish sharoitida inson salohiyatidan samarali foydalanish.

4-shoʻba. Energiya va resurslarni tejashda zamonaviy raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektdan foydalanish.5-shoʻba. Iqtisodiyotni rivojlantirishning resurs tejamkor modeliga oʻtishni moliyalishtirishning dolzarb muammolari.

6-shoʻba. Resurs tejamkor iqtisodiy rivojlanish modeliga oʻtishning xorijiy mamlakatlar tajribasi. 


Maqolalarni rasmiylashtirish talablari:

  1. Maqolalar konferensiya yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida amaliy tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim.
  2. Maqolalar hajmi – 4-5 bet oralig‘ida.
  3. Matn formati: MS Word, Times New Roman shrifti, 14 kegl kattalikda bo‘lishi kerak. Satrlar oralig‘i 1,5 interval. Chegara o‘lchovlari: yuqori va quyi – 2sm, chap tomon – 2 sm, o‘ng tomon – 2 sm. Matn boshlanishida 1 sm abzas tashlanadi, satr kengligi bo‘yicha formatlanadi.
  4. Rasm va jadvallar nomlanishi arab raqamlari bilan belgilanishi
    (1-rasm, 1-jadval va h.k.), maqola matnida ularga havola etish lozim; jadvallar ichidagi yozuvlar 12 kegl bo‘lishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlarga matnda havola beriladi.
  5. Maqola matni quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi:
  • – muallif (hammualliflar)ning familiyasi, ismi-sharifi (ilmiy darajasi, ilmiy  unvoni, ish joyi, lavozimi, telefon raqami, e-mail) konferensiya yo‘nalishi raqami;
  • – maqola nomi katta harflar bilan 14 keglda va o‘rta qismiga joylashtiriladi. Yuqorida ko‘rsatilgan rasmiylashtirish talablariga javob bermagan maqola va tezislar qabul qilinmaydi.
  • – maqolalar ilgari nashr etilmagan bo‘lishi shart. Barcha maqolalar ko‘rib chiqiladi  va antiplagiat dasturi orqali tekshiriladi, ijobiy o‘tgan ishlar nashrga tavsiya etiladi.
  • – har bir muallif bir vaqtning o‘zida yakka va hammualliflikda maqola bilan qatnashishi mumkin.
  • –  maqolalar 2026-yil 1-aprelga qadar qabul qilinadi.
  • – konferensiyada  ishtirok etish uchun 100 000 so‘m to‘lov qilinadi (xorijiy mualliflarga bepul).
  • – maqolalar to‘plami (elektron shaklda) Mirzo Ulug‘bek nomidagi  O‘zbekiston Milliy universitetining saytiga joylashtiriladi.
  • – maqola va tezislarni elektron shaklda mas’ul shaxslarning elektron yoki telegram manziliga yuborish mumkin. 

Manzil: 170174, Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi 4-uy. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Iqtisodiyot fakulteti “Moliya va kredit” kafedrasi 4-qavat 403 xona.


Mas’ul shaxslarning telefon raqami va elektron manzili:

  1. Eshmirzayev Faruddin – tel. +998 (99)039-62-49
  2. Ikromov Axmadjon – tel. +998 (94) 475-27-96
  3. Aliqulov Aziz Haydarjonovich – tel. +998 (90) 375-01-07
  4. Fayzullayev Jonibek Negmatullayevich – tel. +998 (97) 744-47-36
  5. Nosirov Suxrobjon Nodirjon o’g’li – tel. +998 (94) 986-03-53
  6. Nazarova Sitora Sharofiddinovna – tel. +998 (99) 787-68-12

Elektron manzil: ikromovakhmadjon027@gmail.com.