Universitet tashkil etilgan dastlabki yillardayoq fizika fanini o`rganishga asos solingan bo`lib, fizika-matematika fakulteti tarkibida fizika, astronomiya, mexanika, geofizika yo`nalishlarida talabalarga ta`limi bo`yicha tahsil berish bilan bir qatorda fizikaning turli sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. O`rta Osiy Davlat universiteti rektorining 1959 yil 20 iyundagi 276-sonli buyrug`iga asosan fizika-matematika fakulteti ikkita alohida fakultetga ajralib, fizika fakulteti mustaqil faoliyat ko`rsata boshladi.
Fizika fakultetining hozirgi istiqbolida unga rahbarlik qilgan taniqli olim va mutaxassislarning mehnatlari beqiyosdir. Bular fakultet dekanlari: prof. V.A.Djordjio (1959-1964), dots. B.G.Smirnov (1964-1967), prof. R.X.Mallin (1967-1972), akad. A.A.Abdurazzakov (1972-1980), dots. A.A.Adilov (1980-1991), akad. K.M. Mukimov (1991-1992), akad. S.Z. Zaynobiddinov (1992-1996), prof. A.T. Mirzaev (1996-1997), dots. A.S.Raxmatov (1997-2004), prof.O.O.Mamatkarimov (2004-2009), dots.B.X.Eshchanov (2009-2014), dots.I.U.Tadjibaev (2014-2015), prof. X.S.Daliev (2015-2019) va G.B.Eshonqulov (2019-yildan h.v.).
Fizika fakultetida faoliyat ko`rsatgan taniqli olimlar akad. S.A. Azimov yadro fizikasi va kosmik nurlar fizikasi; akad. U.O.Oripov fizikaviy elektronika, prof. V.A.Djordjio Atmosfera fizikasi, akad. P.K. Xabibullaev, dots. B.M.Nosenko – optika va spektroskopiya, prof. E.N. Nazirov – fizikani o`qitish uslubi va tarixi, akad. M.M.Musaxanov – nazariy fizika, prof.A.T.Teshabaev, akad. S.Z.Zaynabidinov yarimo`tkazgichlar fizikasi, akad.S.R.Rashidova – polimerlar fizikasi, prof. A.T.Mirzaev kvant radiofizikasi, prof.S.N.Nuritdinov – astronomiya va astrofizika sohalarida o`ziga xos ilmiy maktablarini yaratganlar.
Fakultetda 73 nafar professor-o`qituvchilari, shu jumladan, 4 nafar O`zbekiston Fanlar akademiyasining akademiklari, 19 nafar fan doktori va professorlar, 39 nafar fan nomzodlari va dotsentlar jalb etilgan. Ayni paytda fakultetda 2 ta ta`lim yo`nalishida bakalavr va 7 ta mutaxassislik bo`yicha magistr tayyorlanmoqda. Bundan tashqari fakultetda DSc va PhD doktoranturalari mavjud.
Talabalar o`quv, malakaviy amaliyotlarni va magistrlik dissertatsiyalari hamda bitiruv malakaviy ishlarini bajarishni yuqori saviyada tashkil qilish maqsadida ular muntazam ravishda O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ion plazmali va lazerli texnologoyalar instituti, Astronomiya instituti, Yadro fizikasi instituti, Fizika Quyosh IIChB Fizika-texnika instituti, Polimerlar fizikasi va kimyosi instituti va Fanlar Akademiyasining boshqa tarmoq institutlari hamda Foton va Fonon maxsus konstruktorlik byurosining zamonaviy moddiy-texnika bazalariga ega bo`lgan ilmiy laboratoriyalarga yuborilmoqdalar.
Fizika fakulteti axborot resurs markazi 100000 dan ziyod adabiyotlar fondiga ega bo`lib, bugungi kun talablaridan kelib chiqib jihozlangan. 80 o`rinli o`quv zali va jurnallarning Ochiq fondi tashkil etilgan. Fakultet professor-o`qituvchilari tomonidan 400 dan ortiq o`quv adabiyotlari, 50 ga yaqin yangi laboratoriya ishlari yaratilib, o`quv jarayonida foydalanilayapti.
Fakultetda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtirish va olib borish yuqori saviyada yo`lga qo`yilgan. Keyingi besh yil mobaynida xalqaro va respublika miqyosida grantlar tanlovlarida ishtirok etish keskin ko`paydi. Fizika fakulteti professor-o`qituvchilar tomonidan 10 dan ziyod xalqaro va respublika miqyosidagi grant, ilmiy mavzu va xo`jalik shartnomalari bajarilmoqda.
Bugungi kunda fakultet jamoasi xorijiy mamlakatlarning juda ko`plab universitet va institutlari bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda. Jumladan, Ukrainaning Kiev Milliy universiteti, Xarkov universiteti, Xarkov fizika instituti, Rossiyaning Sankt-Peterburg Optika va Mexanika universiteti, Janubiy Koreyaning Pusan universiteti va Chunxay Milliy universiteti, Germaniyaning Potsdam universiteti, Belgrad Astronomiya observatoriyasi va Radioastronomiya instituti, Moskva Davlat universiteti, Moskva viloyatining Dubna shahridagi xalqaro Birlashgan Yadro tadqiqot instituti (BYaTI), Germaniyaning Mayns, Bern universitetlari, Moskva energetika instituti, A.F. Ioffe nomidagi Fizika-texnika instituti (Sankt-Peterburg), Materialshunoslik muammolari instituti (Ukraina), Fizika va ximiya instituti (Urumchi, Xitoy) kabi etakchi institut va universitetlar olimlari bilan o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot sohalarda hamkorlik qilinmoqda.
Fizika fakultetining bitiruvchi mutaxassislariga iste`molchilarda talab katta bo`lib, ularning ko`pchiligi O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining institutlarida, tibbiy-diagnostika markazlarida, Mudofaa vazirligiga tegishli tashkilotlarda, Markaziy geologiya laboratoriyalarida, Oliy o`quv yurtlarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida hamda xalq xo`jaligi korxonalarida faoliyat ko`rsatmoqdalar.
Fizika

Fakultet tarixi

ESHONQULOV G‘OFUR BOBOQULOVICH
Dekan

ISOQOV JAHONGIR ISOQOVICH
Dekan muovini
Ilmiy darajasi:
Darajasiz
Ilmiy unvoni:
Unvonsiz
Qabul kunlari:
Chorshanba-Juma, soat 15:00 dan 17:00 gacha
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

SULTONOV ODILJON ZIYOMIDDINOVICH
Dekan muovini
Ilmiy darajasi:
Darajasiz
Ilmiy unvoni:
Unvonsiz
Qabul kunlari:
Chorshanba-Juma, soat 15:00 dan 17:00 gacha
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

XAQQULOV JAXONGIR MARDONOVICH
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Ilmiy darajasi:
Darajasiz
Ilmiy unvoni:
Unvonsiz
Qabul kunlari:
Chorshanba-Juma, soat 15:00 dan 17:00 gacha
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Fakultet tarkibidagi kafedralar
Hozirgi kunda fizika fakulteti 5 ta kafedrani o'z ichiga oladi.

Ta’lim dasturlari
Bakalavr
Magistratura
Qozog’iston Respublikasi Muxtor Auezov Janubiy Qozog’iston universiteti talabalari Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti va Muxtor Auezov nomli Janubiy Qozog’iston universiteti o’rtasidagi hamkorlik shartnomasiga asosan akademik dasturi doirasida 2023 yilning 20-sentyabrdan 2024 yil 20-yanvarga qadar qisqa muddatli akademik mobillik bo’yicha 1 nafar talaba Fizika fakultetiga qabul qilingan.
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti va Rossiya Federatsiyasining Volgograd Davlat universiteti o’rtasida akademik mobillik dasturi bo’yicha tuzilgan hamkorlik shartnomasiga ko’ra Fizika fakultetining 1 nafar talabasi 2023 yilning 9 fevralidan 15 iyuniga qadar o’qishga yuborilgan.
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetiga 2023-2024 o`quv yilida Turkmaniston Respublikasidan 11 nafar, 2024-2025 o`quv yilida 26 nafar va 2 nafar Xitoy xalq Respublikasidan xorijiy talabalar qabul qilingan.
Xalqaro grant loyihasi
– Узбекистон-Беларусь халқаро амалий лойиҳа: «Фотовольтаикада қўллаш учун шаффоф ўтказувчан металл оксидлардаги наноструктурали графенли плёнкаларни шакллантириш ва улардаги заряд ташувчиларининг кўчиш жараёнлари механизмлари» (2022-2024 йй).– 850 млн. Сўм
– Туркия Ўзбекистон халқаро амалий лойиҳа: Hydrogen and Photocurrent Generation by Conductive Biopolymer/Cyanobacteria Based Biological Photovoltaics via Photosynthesis and Respiratory System (2022 – 2024 йй). – 1,000 млрд сўм
– Uzb-Ind-2021-78 “Металл оксидлари билан легирланган силикатларнинг термоэлектрик ҳоссалари ва ўз-ўзидан ташкил бўлиш жараёнлари» (2021-2023 йй) 1,000 млрд сўм
– UZB0006 Building Capacity in the Peaceful Use of Nuclear Science and Technologies at the National University of Uzbekistan and the Samarkand State University – 188300 евро
– Erasmus+ (Европа Иттифоқи) “New and Innovative Courses for Precision Agriculture” (NICOPA), (2018 -2022 йй.) – 68 792 евро
– Erasmus+ (Европа Иттифоқи) “New study program in space systems and communications engineering” (SPACECOM) (2019 – 2023 йй.) – 94 247 евро
– Erasmus+ (Европа Иттифоқи) “Innovative Master’s program in photonics and optical COMmunications to meet the needs of the telecommunications labour market in Uzbekistan” (INMACOM) (2023 – 2026 йй.) – 86 964 евро
– IAAE» – «МАГАТЭ Enhancining the capacities of Educational institutions for the sustainable use of Nuclear Technologies (2022-2024йй) – 50000 евро
– Erasmus+ (Yevropa Ittifoqi) “Innovative Master’s program in photonics and optical COMmunications to meet the needs of the telecommunications labour market in Uzbekistan” (INMACOM) (2023 – 2026 yy.) – 86 964 yevro
– Xalqaro Atom energiyasi agentligining (MAGATE) “UZB0005-O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetining yadro fanini o‘qitish salohiyatini oshirish” va “UZB0006-O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetining yadro texnologiyalaridan tinch maqsadlardan foydalanish salohiyatini oshirish” (2020-2024)
– Atom Energiyasi bo’yicha xalqaro agetlik (Intematianal Atomic Energy Agency) dasturi doirasida e’lon qilingan tanlovda qo’lga kiritilgan «RER0049 Enhancing the Capacities of Educational lnstitutions for the Sustainable use of Nuclear Technologies» «RER0049 Yadro texnologiyalaridan barqaror foydalanish uchun ta’lim muassasalarining salohiyatini oshirish» (2023-2026)