Iqtidorli talaba-yoshlar bilan ishlashni takomillashtirish va rivojlantirish, talaba-yoshlarda ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga bo’lgan qiziqishni rivojlantirish, kasbiy kompetensiya va sifatlarini, fanlar bo’yicha egallangan bilimlarni hayotda, amaliyotda qo’llash motivatsiyalarini shakllantirish, yoshlar o’rtasida ilmiy bilimlarning ommalashishiga erishish, mantiqiy fikrlash va nostandart vaziyatlarda mustaqil yechimlar qabul qilish ko’nikmalarini shakllantirish, o’quv-tarbiya jarayonining zamonaviy talablar darajasiga ko’tarilishini ta’minlash, talabalarni ilmga, bilimga, tarbiyaga qaratilgan ijodiy izlanishga yo’naltirish va rag’batlantirish, talabalar uchun o’quv mashg’ulotlarini tashkillashtirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar hamda interfaol usullarining tatbiq etilishini takomillashtirish, ularning ijodiyotini rivojlantirish va olimpiada g’oliblari orasidan nomzodlarni respublika va xalqaro fan olimpiadalariga, Davlat va nomdor stipendiyalarga tayyorlash maqsadida Ijtimoiy fanlar fakulteti kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 1-3 bosqich talabalar o’rtasida «Fanlar olimpiadasi» tashkil etildi.








Olimpiada fakultetda yo’nalishlardan kelib chiqqan holda 31 ta fandan o’tkazildi. «Huquqiy fanlar» kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan 9 ta fandan Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi. Yurisprudensiya, Patentshunoslik yo’nalishlariga fan olimpiadasi o’tkazildi.
Joriy yilning 19-may kuni mazkur olimpida g’oliblariga diplom va pul mukofotlari berildi:
1-o’rin: 1-darajali diplom va 500 000 so’m pul mukofoti;
2-o’rin: 2-darajali diplom va 300 000 so’m pul mukofoti;
3-o’rin: 3-darajali diplom va 200 000 so’m pul mukofoti;
UMUMIY MA’LUMOT
| № | Olimpiada o‘tkazilgan
fan nomi |
Olimpiada o‘tkazilgan yo‘nalish | Olimpiada o‘tkazilgan
yo‘nalish kursi |
Olimpiadaga qatnashgan talabalar soni | Olimpiadada g‘olib bo‘lgan talabalar F.I.SH. | Olimpiadaga mas’ul shaxs |
| 1. | Davlat va huquq nazariyasi va tarixi | Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi |
2 | 22 | 1-o‘rin. Mirqurbonova Dilnavo Ismoiljon qizi
2-o‘rin. Boybuvayev Urayimjon Abduhalil o’g’li 3-o‘rin. Ergasheva Sabrina Baxtiyor qizi |
o‘qituvchi D.Jumaboyev
o‘qituvchi D.Madaminova |
| 2 | Tarbiya | Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi |
2 | 47 | 1-o‘rin. Bo’riyeva Husnida Quvvat qizi
2-o‘rin. Hajiboyeva Quvonchoy To’raboy qizi 3-o‘rin. Samadqulov Asqar G’ulom o’g’li |
f.f.n., prof. A.Utamuradov
f.d. (PhD), dots. J.Yusubov f.f.d. (DSc), dots. J.Yusubov kat.o‘q. N.Jamalova tay.dok. O‘Sharopov |
| 3 | Geosiyosat asoslari | Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi |
3 | 43 | 1-o’rin. Xudoyorov Shahzod Sherali o’g’li
2-o’rin. O’roqova Mahliyo Toshtemirovna 3-o’rin. Nusratullayeva Ruhshona Ravshanovna |
f.d. (PhD), dots. M. Ataullayev.
f.d. (PhD), dots. E.Nishanbayeva f.d. (PhD), dots. v.b. S.Berdikulova f.d. (PhD), J.A.Mirzavaliyev o‘qituvchi G.X.Aminova |
| 4 | Jinoyat huquqi | Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi |
2 | 43 | 1-o‘rin. Nurmurodova Dilorom Umidjon qizi
2-o‘rin. Hajiboyeva Quvonchoy To’raboy qizi 3-o‘rin. Risaliyeva Sarvinoz Bunyod qizi |
stajyor o‘qituvchi A.Amirov
katta o‘qituvchi E.Raimov |
| 5. | Intelektual mulk huquqi | Patentshunoslik | 3 | 20 | 1-o‘rin. Zokirova Nilufar Botir qizi
2-o‘rin. Turobjonova Iroda Zoxid qizi 3-o‘rin. Xudoyorova Dilafruz Alisher qizi |
O‘qituvchi: G.Muxiddinova
O‘qituvchi: A.Fayzullayev |
| 6. | Davlat va huquq nazariyasi | Yurisprudensiya | 1 | 52 | 1-o‘rin. Xudoyqulova Mexrigul Shoynazar qizi
2-o‘rin. Nizomov Nurshod Nozim o‘g‘li 3-o‘rin. Rajabova Gulsanam Ikromboy qizi |
O‘qituvchi: S.Abduraxmonov
Doktorant: F.Abdixakimov |
| 7. | Davlat va huquq nazariyasi | Yurisprudensiya (Rus guruhlari) | 1 | 14 | 1-o‘rin. Rozikova Sarvinoz Sodikovna
2-o‘rin. Raximjonov Mirshoxid Voxidjon o‘g‘li 3-o‘rin. Abdusalomov Samandar Abdug‘ulom o‘g‘li |
O‘qituvchi: S.Abduraxmonov
Doktoran: F.Abdixakimov |
| 8. | Jinoyat huquqi | Yurisprudensiya | 2-3 | 78 | 1-o‘rin. Muxammadova Marjona Zavqiy qizi
2-o‘rin. Abdujalilov Izzatbek Dilshodbek o‘g‘li 3-o‘rin. Abdullayeva Donogul Ilhom qizi |
Stajyor o‘qituvchi: A.Amirov
Katta o‘qituvchi: E.Raimov |
| 9. | Fuqarolik huquqi | Yurisprudensiya | 2-3 | 17 | 1-o‘rin. Yaxshiboyev Mirvoxid Gulboy o‘g‘li
2-o‘rin. Bozorova Moxlaroyim Siroj qizi 3-o‘rin. Maxmudov Shaxboz Ilhom o‘g‘li |
Katta o‘qituvchi: E.Raimov
Katta o‘qituvchi: X.Choriyeva |