Iqtisodiyot fakulteti “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi tomonidan qayta ta’mirlangan, zamonaviy texnika jihozlari bilan ta’minlangan faollar zalining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda fakultet rahbariyati, sug‘urta kompaniyasi vakillari, mehmon sifatida taniqli yozuvchi, tarjimon va tarixchi Nurali Qobul hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Ijodiy uchrashuvni Iqtisodiyot fakulteti dekani Abduvahob Umarov olib bordi. Yozuvchi Nurali Qobul hayoti va ijodi haqida yig‘ilganlarga qiziqarli ma’lumotlar taqdim etdi.
Yozuvchining hayot yo‘li, ijodiy tajribasi, keksalar va yoshlar adabiyoti, nazm va nasr haqidagi fikrlari ko‘pchilikka manzur bo‘ldi.
Samimiy ruhda kechgan uchrashuv talabalar bilan muloqot shaklida davom etdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
O‘zMU Matbuot xizmati