Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Favqulodda vaziyatlarda harakatlanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi

Biologiya va ekologiya fakultetida zilzila va yong‘in xavfi sodir bo‘lganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga muvofiq amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Tadbirda Olmazor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi profilaktika va nazorat bo’linmasi, universitet Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi,   fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, guruh tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Soha xodimlari tomonidan talabalarga zaruriy ko‘nikmalar berildi, eslatmalar tarqatildi. Favqulodda vaziyatlar, zilzila, yong‘in, is gazidan zaharlanish va boshqa turdagi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Talabalarning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.

Talabalarga yong‘in  va zilzila sodir bo‘lganda harakat qilish tartibi tushuntirildi. 4 ta guruh tuzulib, jamoat tartibini saqlash, yong‘in xavfsizligi, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va qutqaruv yo‘nalishlarida, amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

Evakuatsiya guruhlari tomonidan vazifalar bo‘yicha binoni tark etish harakatlari va yordam ko‘rsatish amallari bajarildi. Talabalar  va xodimlar fakultet binosining kirish qismida va qavatlardagi  evakuatsiya chizmalariga muvofiq yo‘l ko‘rsatuvchining komandasi bo‘yicha xavfsiz tarzda binoni tark etishni mashq qildilar.

O‘zMU Axborot xizmati