O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetida 1-bosqich talabalari uchun “n-tartibli determinatlar va ularning xossalari” mavzusida ochiq ma’ruza mashg‘uloti tashkil etildi. Matematika fakulteti Algebra va funktsional analiz kafedrasi mudiri, dotsent Rustamjon G‘aybullayev tomonidan o‘tilgan mazkur dars yuqori saviyada, zamonaviy pedagogik usulda olib borildi. Ma’ruza davomida mavzu atroflicha yoritilib, determinatlarning asosiy xossalari, ularni hisoblash usullari hamda amaliy qo‘llanilish jihatlari batafsil tushuntirildi.




Ochiq ma’ruzani Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Lakayev, kafedra professor-o‘qituvchilari, magistrantlar kuzatib borishdi. Yakunda dars yuzasidan fikrlar, tegishli tavfsiyalar bildirildi.