Gender zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston Milliy universitetda gender zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni munosabati davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati O‘zbekiston Milliy universiteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Ra’noxon Rustamova hamda Ijtimoiy fanlar fakulteti Huquqiy fanlar kafedrasi professori Saidaxon Azamxo‘jayeva kirish so‘zi bilan boshlandi.

So‘ng spikerlar tomonidan mamlakatimizda xotin-qizlarning ta’lim olish imkoniyatlari va muammolari, ularni tazyiq va zo‘rovonlikdan himoya qilish, oilaviy zo‘rovonlikka karshi kurashish mavzularida ma’ruza  qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, 2014-yilda BMT Bosh kotibi xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarni bartaraf etishga qaratilgan “UNiTE” nomli tashabbusini ochiq deb e’lon qildi. Shu munosabat bilan har yili dunyo miqyosida 25-noyabrdan 10-dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” ostida turli tadbirlar o‘tkaziladi.

BMT Bosh Assambleyasining 1999-yil 17-dekabrdagi rezolyusiyasi bilan 25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni, sifatida belgilangan.

“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” tashabbusi 10 dekabrga qadar davom etadi.

 

O‘zMU Axborot xizmati