Kuni kecha, 10-oktyabr kuni Rossiya Fanlar akademiyasining Geologiya instituti direktori, akademik Kiril Degtyarev, xalqaro aloqalar bo‘yicha bo‘lim maslahatchisi Nadejda Vaxtina hamda Sankt-Peterburg davlat universiteti “Regionalgeologiya” kafedrasi mudiri Viktoriya Yershova O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘lishdi.

Dastlab хorijiy delagatsiya vakillari o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Sh.Toshmatov bilan uchrashib, universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan muzokara olib borishdi.
Shundan so‘ng, prorektor Sh.Toshmatov va akademik K.Degtyarev geologiya sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Rossiya fanlar akademiyasi Geologiya instituti o‘rtasida Ilmiy-texnik hamkorlik kelishuvini imzolashdi.

Tashrif davomida xorijlik olimlar Geologiya va muhandislik geologiyasi fakultetida bo‘lishdi. Fakultet hamda Gelogiya kafedrasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi, “Geologiya” yo‘nalishi 3-kurs talabalariga “Litologiya” fani bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini o‘tkazildi. Mehmonlar professor-o‘qituvchi va talabalar bilan fikr almashishdi.
