Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Germaniyada ta’lim olish imkoniyatlari

Bugun, 11 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetiga Germaniyaning Freie universiteti Sharqiy Yevropa bo‘yicha Liyazon ofisi direktori Tobias Stüdemann tashrif buyurdi va u bilan xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova mazkur universitet bilan talabalar almashinuvini kengaytirish, magistratura va doktoranturada Germaniya universitetlarida tahsil olish imkoniyatlari haqida suhbatlashdi.

Shuningdek, Tobias Stüdemann “Freie universitetda tajriba almashish va Germaniyada magistratura darajasi olishning 5 ta sababi” mavzusida seminar o‘tkazdi.

Seminar davomida ishtirokchilar Germaniyadagi ta’lim tizimi, talabalar hayoti, turli magistratura dasturlari va ularga ariza berish jarayoni haqida batafsil ma’lumot olishdi. Shuningdek, Germaniyada o‘qish va yashash bilan bog‘liq savollarga ham to‘liq javoblar berildi.