Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Germaniyaning xalqaro nufuzga ega akkreditatsiya agentligi ASIIN vakillari bilan onlayn uchrashuv





Bugun Germaniyaning xalqaro nufuzga ega va faol akkreditatsiya agentliklaridan biri ASIINning (The Accreditation Agency for Study Programmes in Engineering, Informatics, Natural Sciences and Mathematics) vakillari Christin Habermann, Natalia Vega, Mothes, I.Yefimova bilan O‘zMU Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori R.Shirinova, «Ta’lim infratuzilmasini transformatsiya qilish bo‘limi» boshlig‘i N.Narziyev hamda O’zMUning akkreditatsiyadan o’tkazilishi rejalashtirilayotgan ta’lim yo’nalishlari bo’yicha ma’sul xodimlar o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, ASIIN akkreditatsiya agentligi shu kunga qadar 67 ta mamlakatdagi dunyoning Top reytingida turgan 376 ta OTMlaridagi 6691 ta ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan o’tkazgan yuqori darajadagi tajribaga ega tashkilotlardan biri hisobdanadi.

Muzokara davomida O‘zMUning ba’zi ta’lim yo‘nalishlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni hamda uning uchun zarur bo‘lgan hujjatlar bosqichma-bosqich muhokama qilindi. Shuningdek, bu jarayonda mazkur yo’nalishlar bo’yicha jalb qilinishi lozim bo‘lgan mutaxassislar kabi ko’pgina  masalalar muhokama qilindi.

Suhbat yakunida tegishli ta’lim yo’nalishlarini akkreditatsiyadan o’tkazish jarayonining navbatdagi bosqichi to‘g‘risida muhokamalarni davom ettirishga kelishib olindi.


Xalqaro aloqalar bo`limi