Bugun Germaniyaning xalqaro nufuzga ega va faol akkreditatsiya agentliklaridan biri ASIINning (The Accreditation Agency for Study Programmes in Engineering, Informatics, Natural Sciences and Mathematics) Markaziy Osiyodagi vakili I.Yefimova bilan O‘zMU Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori R.Shirinova va «Ta’lim infratuzilmasini transformatsiya qilish bo‘limi» boshlig‘i N.Narziyev o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
ASIIN ko‘pgina dunyodagi OTMlarni (University of Hong Kong QS #26, RWTH Aachen University QS #106, University of Melbourne QS #114 va boshqalar) akkreditatsiyadan o‘tkazgan bo‘lib, mazkur jarayon bo‘yicha yuqori darajadagi tajribaga ega tashkilotlardan biri hisobdanadi.
Muzokara davomida O‘zMUning ba’zi ta’lim yo‘nalishlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish, uning uchun zarur bo‘lgan hujjatlar hamda bu jarayonda jalb qilinishi lozim bo‘lgan mutaxassislar kabi bir qancha masalalar muhokama qilindi.
Suhbat yakunida navbatdagi bosqich to‘g‘risida elektron manzil orqali muhokamalarni davom ettirishga kelishildi.