GPA va Kredit talablari

GPA va Kredit Talablari (O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi)

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida joriy etilgan kredit-modul tizimi asosida talabalar bilimini baholashda GPA (Grade Point Average – o‘rtacha reyting ko‘rsatkichi) qo‘llaniladi. GPA har bir fan uchun ajratilgan kredit miqdori va olingan bahoga ko‘paytirilgan holda, barcha fanlar kesimida hisoblab chiqiladi.


Kredit talablari:


  • Bakalavr bosqichi:
    Har bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yili davomida 60 kredit to‘plash talab etiladi.

      Umumiy o‘qish muddati bo‘yicha:
    – 3 yillik dastur uchun — 180 kredit
    – 4 yillik dastur uchun — 240 kredit

  • Magistratura bosqichi:

    –  Har bir semestrda 60 kredit, bir o‘quv yili davomida 120 kredit talab etiladi.
    –  Bu ko‘rsatkich odatda 2 yillik magistratura dasturlari uchun qo‘llaniladi.
    Mazkur kredit yondashuvi Yevropa Кreditlarni To’lash va Ko’chirish Tizimi (ECTS) talablariga mos bo‘lib, akademik shaffoflik, xalqaro tan olinishi va talabalar mobilligini ta’minlashga xizmat qiladi.

    https://lex.uz/docs/3916793