Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Hanseo universiteti delegatsiyasi O`zbekiston milliy universitetida



Joriy yilning 3-dekabr kuni Hanseo universiteti prezidenti janob Ki Sun va uning boshchiligidagi delegatsiya Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Milliy Universitetidan Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinova, Strategik rivojlantirish va xalqaro reyting boʻlimi boshligʻi Gulasal Rofiyeva, hamda Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti dekani Akramiddin Umarovlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida ikki universitet oʻrtasida talabalar mobilligini yoʻlga qoʻyish, professor-oʻqituvchilar oʻrtasida ilmiy maqolalar yozish va hamkorlikda yangi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, respublikamizdagi shoʻr yerlarni masofadan turib sugʻorish va dorilash  yoʻnalishida kadrlar tayyorlash muhim ekanligi toʻgʻrisida ham fikr yuritildi.

Hanseo universiteti prezidenti janob Ki Sun mazkur yoʻnalishda kadrlar tayyorlashda koʻmaklashishga tayyor ekanligini bildirdi. Kelajakda ushbu soha boʻyicha hamkorlik oʻrnatish borasida qoʻshimcha kelishuvlar olib borishga kelishib olindi.


Xalqaro aloqalar bo`limi