Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti
Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi
Markaz rahbariyati
Markaz boshlig‘i
polkovnik XAYDAROV Kozimbek Abdixakimovich
Markaz boshlig‘ining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
podpolkovnik TO‘XTAEV Nasim Yax’yaevich
Markaz boshlig‘ining moddiy texnik ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari
podpolkovnik TAGAEV Vadim Ismailovich
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi PQ-4496-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarida va rezervdagi ofitserlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq respublika Oliy ta’lim muassasalari tarkibida faoliyat olib borgan 10 ta harbiy kafedralar negizida tashkil etilgan.
Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida bugungi kunda Mudofaa vazirligi buyurtmasiga asosan 31 ta harbiy hisob ixtisosliklari bo‘yicha Qurolli Kuchlar rezervi va zahiradagi ofitserlari tayyorlanmoqda.
Markazda o‘qitish uchun talabalarini butlash respublika hududidagi 13 ta Oliy ta’lim muassasalarining mos yo‘nalishlarida taxsil olayotgan talabalar orasidan tanlov asosida qabul qilinishi belgilangan, jumladan:
- Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti;
- Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti;
- Toshkent davlat yuridik universiteti;
- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;
- Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
- Toshkent davlat transport universiteti;
- Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
- Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti;
- Toshkent davlat agrar universiteti;
- O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti;
- O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;
- Toshkent kimyo texnologiyalari instituti;
- Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;
- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetlaridan talabalarni qabul qilish Markaz faoliyati tashkil etilgandan so‘ng, Qurolli Kuchlar rezervi ehtiyojlaridan kelib chiqib, qo‘shimcha ravishda yo‘lga qo‘yilgan.
Hamkorlik faoliyati. Markazda ta’lim berish sifatini takomillashtirish, turdosh muassasalar bilan o‘quv, uslubiy va ilmiy yo‘nalishlarda ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, olingan nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash maqsadida Oliy va oliy harbiy ta’lim muassasalari, harbiy qismlar va muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik kelishuvlari imzolandi. Tinglovchilar bilan amamliy mashg‘ulotlarning zarur qismi ushbu harbiy ta’lim muassasalari va harbiy qismlarga tegishli ob’ektlarda tashkillashtirilib, o‘tkazilmoqda.
Hamkorlik o‘rnatilgan muassasalar
- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi;
- Chirchiq oliy harbiy tank muhandislik qo‘mondonlik bilim yurti;
- O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurti;
- O‘zbekiston Respublikasi MG jamoat xavfsizligi universiteti;
- O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi;
- O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi 41571-harbiy qismi;
- Toshkent Davlat texnika universiteti;
- Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteti;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti.
Uslubiy ishlar doirasida, shuningdek, talabalar bilan mashg‘ulotlarni sifatli tashkil etish hamda markaz kutubxona fondini boyitish maqsadida o‘tgan davrda markaz professor-o‘qituvchilari tomonidan 71 ta fan bo‘yicha darsliklar, fan dasturlari va darsliklar asosida 82 ta o‘quv qo‘llanmalari hamda har bir fan bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqildi va o‘quv jarayonida foydalanilmoqda.
Ilmiy faoliyat doirasida 26 nafar professor-o‘qituvchilar mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda;
25 nafar professor-o‘qituvchilar dotsent ilmiy unvoniga va bir nafar ilmiy bo‘lim xodimi professor ilmiy unvonini olishga sazovor bo‘lishdi;
2 nafar ofitser falsafa doktori ilmiy darajasini olishga erishdi;
Bugungi kunda Markazning ilmiy salohiyati 41,2 % tashkil etadi.
Markazda har yili Rezervdagi va zahiradagi ofitserlarni tayyorlashning o‘ziga hosligi, mavjud an’analarni takomillashtirish hamda ta’limning istiqbolli yo‘nalishlariga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari o‘tkazib kelinmoqda.
Markazda moddiy-texnik bazani takomillashtirish bo‘yicha ishlar tizimli ravishda olib borilmqoda va mavjud o‘quv moddiy-texnik baza holati O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun yetuk va vatanparvar rezervdagi va zahiradagi ofitserlarni tayyorlash talablariga to‘liq javob beradi.
Talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 809-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirliklarining 2018-yil 17-martdagi 2984-son qaroriga muvofiq Markazda harbiy tayyorgarlikka yuqorida qayd etilgan OTMlardan 27 yoshga to‘lmagan sog‘lom va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan 3-bosqich (kunduzgi ta’lim) talabalari tanlov natijalariga ko‘ra qabul qilinadi. Qabul qilish muddati va shartlari mudofaa vazirining har yili ishlab chiqiladigan alohida buyrug‘i asosida amlga oshiriladi.