Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Helge Kleifeld

Helge Kleifeld

Biografiya

Helge Kleifeld

Professor Helge Klayfeld — O‘zbekiston Milliy universiteti faxriy professori, tarix va siyosatshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori. U arxiv xizmati bo‘yicha assesor (Assessor des Archivdienstes) unvoniga ega hamda Myonxengladbax shahar arxiviga rahbarlik qiladi. 2019-yildan buyon O‘zbekiston Milliy universitetining Nemis filologiyasi kafedrasida mamlakatshunoslik bo‘yicha blok-seminarlar olib boradi. Ushbu mashg‘ulotlarda talabalarni Germaniya tarixi va geografiyasi bilan tanishtirib, Germaniya Federativ Respublikasining siyosiy tizimi haqida munozaralar olib boradi. Professor Helge Klayfeld Nemis filologiyaasi kafedrasi mudiri, professor Sh.S. Imyaminova bilan hamkorlikda Germaniyada “Germaniya mamlakatshunosligiga qisqacha kirish” nomli o‘quv qo‘llanmani chop ettirgan bo‘lib, mazkur qo‘llanma talabalar uchun germanistika sohasini o‘rganishda yordamchi manba sifatida xizmat qiladi.


Ma’lumoti
  • Siyosatshunoslik bo‘yicha falsafa doktori (PhD) — Marburg universiteti, ijtimoiy fanlar va falsafa fakulteti (2018).
  • Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) — Dortmund universiteti, madaniyatshunoslik fakulteti (2001).
  • Tarix va geografiya fanlari bo‘yicha pedagogik tayyorgarlik — Bonn va Kyoln universitetlari.
  • Magistratura: “O‘rta asrlar va zamonaviy tarix”, qo‘shimcha ixtisoslik: siyosatshunoslik va geografiya, Marburg va Kyoln universitetlari.
Ixtisoslashgan sohalari

Germaniyaning zamonaviy tarixi


Germaniya Federativ Respublikasining siyosiy tizimi


Arxivlar va demokratiya