Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Holon texnologiya institutida O’zbek-Isroil qo’shma fakulteti talabalariga diplom topshirildi

Isroil davlatining Holon texnologiya institutida (HIT) O’zbek-Isroil qo’shma fakultetining Amaliy matematika hamda Kompyuter ilmlari yo’nalishlaridagi 34 nafar talabalar Ozarbayjon va Isroil davlatlari talabalari bilan birgalikda diplom bilan taqdirlandilar.

⏺Holon Texnologiya instituti rahbariyati, jumladan HIT rektori Eduard Yakubov, O’zbekistonning Isroil davlatidagi elchisi Feruza Mahmudova, Isroilning O’zbekistondagi elchisi Zehavit Ben Hillel, Ozarbayjon davlatining Isroildagi elchisi Mukhtar Mammadov, Ozarbayjonning Boku davlat universiteti rektori Elchin Babayev, O’zbek-Isroil qo’shma fakulteti dekani Nodir Narziev hamda boshqa mehmonlar so’zga chiqib, talabalarni tabriklashdi.