Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Holon Texnologiya Institutida O’zbek-Isroil qo’shma fakulteti talabalariga diplom topshirildi

23-sentabrida Isroilning Holon Texnologiya institutida (HIT) O’zbek-Isroil qo’shma fakultetining Amaliy matematika hamda Kompyuter ilmlari yo’nalishlaridagi 16 nafar talabalar Ozarbayjon va Isroil davlatlari talabalari bilan birgalikda diplom bilan taqdirlandilar.

 

HIT rektori Eduard Yakubov qo’shma fakultet talabalarini universitetni muvafaqqiyatli tamomlaganlari va ikki universitet diplomlari olganliklari bilan qutladi.