O‘zbekiston Milliy universitetida «Yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar» mavzusida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvda universitet rahbariyati, soha mas’ullari, talaba-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Milliy universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Jabbor Muhammadiyev, Olmazor tumani 4-sonli Ichki ishlar bo’limi boshlig‘i, kapitan Abbos Xalimov so‘zga chiqishdi.
Tadbirda so‘z olganlar yoshlar orasida keng tarqalgan huquqbuzarliklarning turli ko‘rinishlari haqida to‘xtalib, barchani ogohlikka chorlashdi va talaba-yoshlarning ma’naviy olamini yuksaltirish, ularda yuksak an’analarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish muhim ekanligini qayd etishdi.
Ichki ishlar Akademiyasi magistratura tinglovchisi, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB boshlig‘i, podpolkovnik Farruh Haydarov “Yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar” mavzusida ma’ruza qildi.
Universitet profilaktika katta inspektori Alisher Abdulhaqov O‘zbekiston Milliy universitetida Talabalar xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar xususida taqdimot qildi.
Uchrashuv yakunida talaba-yoshlar mavzu borasida o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
O‘zMU Axborot xizmati