Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Ibn Haldun universiteti

Mirzo Ulug‘bek Nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetiga Rasmiy Tashrif Bilan Turkiya Respublikasi Delegatsiyasi Tashrif Buyurdi.

 2022 yilning 10 noyabr sanasida Turkiya delegatsiyasi tarkibiga Istanbuldagi Ibn Haldun universiteti Vasiylik Kengashi raisi, professor Irfan Gunduz, Ibn Haldun universiteti Vasiylik Kengashi raisi oʻrinbosari Nejmeddin Bilal Erdogʻan, Ibn Haldun universiteti Geydar Aliyev Yevroosiyo tadqiqotlar markazi direktori, professor Yashar Sari, Ibn Haldun universiteti rektori, professor Atilla Arkan, Ibn Haldun universitetining Xalqaro aloqalar masalalari direktori Enes Yalman hamda Hajettepe universiteti dr. Zeynep Arkan kiradi.

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov boshchiligidagi vakillar delegatsiya a’zolarini kutib oldi.