Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Ijtimoiy fanlar fakultetida “Prezident asarlari bilimdoni” tanlovi o‘tkazildi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini tushunish va anglash, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo‘yilgan konseptual g‘oyalar va Yangilangan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini to‘laroq o‘zlashtirib olish hamda talaba-yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg‘usini yanada kuchaytirish, amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanish maqsadida Ijtimoiy fanlar fakulteti 1-bosqich talabalari o‘rtasida “Prezident asarlari bilimdoni” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovni Ijtimoiy fanlar fakulteti yoshlar bilan ish bo‘yicha dekan muovini A.Jaysanov, “Huquqiy fanlar” kafedrasi mudiri v.v.b. Sh.Saidov, professor A.Utamuradov va falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent J.Yusubovlar baholab bordi.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlaridan tuzilgan “Test”, “Mantiqiy savollarga javoblar”, “Krossvord”, “Siz Konstitutsiyani bilasizmi?” viktorinasi va “Taqdimot” shartlaridan iborat bo‘lib, unda 5 nafar a’zodan iboran 9 ta jamoa ishtirok etdi.

Tanlov yakunida jamoalar quyidagi o‘rinlarni egalladi:

1-o‘rin: “Taraqqiyot” jamoasi;

2-o‘rin: “Yangi O‘zbekiston” jamoasi;

3-o‘rin: “Ziyokor” jamoasi;

4-o‘rin: “Sharq ma’rifati” jamoasi;

5-o‘rin: “Bilimdon” jamoasi.

Shuningdek, quyi o‘rinlarni “Adolat”, “Izdoshlar”, “Yosh siyosatchilar”, “Umidvorlar” jamoalari qo‘lga kiritishdi.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan va faol ishtirok etgan jamoalar fakultet rahbariyati tomonidan taqdirlandi.

O‘zMU Axborot xizmati