Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

ILM-FАN – MАMLАKАT TАRАQQIYoTINING ZАMINI

2020 yil jiddiy va murakkab voqealari bilan tarix sahifasidan o‘rin oldi. Yutuq va kamchiliklarimizni sarhisob qilib yangi yilga qadam qo‘ymoqdamiz. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy majlisga va O‘zbekiston xalqigaMurojaatnomasida kelgusi yildaamalga oshirishimiz lozimbo‘lgan ustuvor vazifalar o‘z aksini topdi. Xususan ta’lim sohasiga berilgan e’tibor mamlakatimiz yoshlarining intellektual darajasi, tarbiyasi, matonati, aql-idrok bilan ish ko‘rishida alohida ahamiyatga ega. Murojaatnomada ta’lim sifatini tubdan yaxshilash maqsadida, avvalo, o‘quv dasturlari, o‘qituvchi va domlalar uchun metodik qo‘llanmalarni ilg‘or xalqaro dasturlarga moslashtirish, shuningdek,yangi yilda yurtimizdagi 30 ta yetakchi oliygohga o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, qabul kvotasi va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qilish huquqi berilishi ta’kidlandi. Bu o‘z navbatidata’lim sifati va samarasini oshirishda muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Ishchi dasturlarni, fan dasturlarini dinamik holga keltirish, fanning ayrim bo‘limlariga o‘zgartirishlar kiritib, qaysidir sohasini qo‘shib yuborish ham mumkin.Bunday kreativ yondashuv yoshlarni jalb qilish va fanga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otishda natija beradi.

“Mamlakat taraqqiyotining zamini, hech shubhasiz, ilm-fan va innovatsiyalar” deb e’tirof etilishi davlat poydevori mustahkam bo‘lishi uchun bilimli, o‘z kasbining ustasi bo‘lmish yoshlarni tayyorlashimizga yana bir bor ishora beradi. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ulardan foydalanish ko‘nikmasi ta’lim jarayonidagi muammolarni bartaraf etishga,ilmiy tadqiqot bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy qilishesa ilm-fan sohasidagitaraqqiyotga turtki beradi.

Shuningdek, oliygohlar va ilmiy tashkilotlardagi doktorantlar soni 4,5 mingtaga yetkaziladi yoki 2017 yilga nisbatan 3 barobarga oshiriladi. Ushbu maqsadlar uchun budjetdan qo‘shimcha 240 milliard so‘m ajratiladi, deya to‘xtalib o‘tdilar.Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan bu islohotlar yurt ravnaqi va rivojlanishi uchun hissa qo‘shadigan malakali professor-o‘qituvchilarni tayyorlashga zamin yaratadi.

Dotsent va professor ilmiy unvonlari, falsafa va fan doktori ilmiy darajalarini berish vakolati o‘z yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli bo‘lgan oliygohlarning ilmiy kengashlariga o‘tkazilishi himoya jarayonlarini shaffof o‘tishini ta’minlaydi.

2021 yilda fizika va chet tillarini o‘rganishni ustuvor yo‘nalish etib belgilashning taklif etilishi hamda ta’limning barcha bo‘g‘inlarida ushbu fanlarni o‘qitish sifatini tubdan oshirish, ixtisoslashgan maktablar ochish, malakali pedagoglarni jalb etish kabi tizimli ishlar amalga oshirilishi ta’lim sohasida bosqichma-bosqich olib borilayotgan islohotlarning davomi bo‘ldi.

Murojaatnomada belgilangan vazifalar va ularning ta’lim fidoyilari tomonidan bajarilishi kelajak avlod uchunkeng imkoniyatlareshigini ochadi.

Hikmat Saburov
O‘zMU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor