2025-yil 22-oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy ish kafedrasi tashabbusi bilan “G‘aniyeva Ma’rifat Habibovnaning ilmiy maktabini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi, Itimoiy fikr – jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, O‘zbekiston nogironlar assoatsiyasi va “Yuksalish” harakati hamkorligida tashkil etildi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi — professor Ma’rifat G‘aniyeva rahbarligida shakllangan ilmiy maktabning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur o‘rganish, uning ijtimoiy ish sohasi rivojiga qo‘shgan hissasini tahlil qilish hamda kelgusidagi istiqbollarni belgilab olishdan iboratdir.

Konferensiya doirasida mamlakatimizda ijtimoiy siyosatning rivojlanish istiqbollari, aholini ijtimoiy himoya qilish mexanizmlari, aholi salomatligini ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy-madaniy hayotga moslashuvi, ijtimoiy himoya sohasida axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi hamda atroflicha tahlil etildi.

Tadbir yakunida ilmiy maktabni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi va ijtimoiy soha mutaxassislarini tayyorlashda yangi yondashuvlarni joriy etish zarurligi ta’kidlandi.
O‘zMU Axborot xizmati