Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Intellektual mulk sohasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazida intellektual mulk sohasiga bag‘ishlangan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbati shaklida tashkil etilgan ushbu tadbirda universitetning professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar faol ishtirok etdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga intellektual mulk obyektlarining turlari, ularni huquqiy muhofaza qilish mexanizmlari, tijoratlashtirish imkoniyatlari hamda zamonaviy yondashuvlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Tadbir yosh tadqiqotchilar va talaba-yoshlar uchun amaliy ahamiyat kasb etdi, ularning intellektual mulkka oid bilim va malakalarini oshirish, yangi g‘oya va ishlanmalarning huquqiy muhofazasini ta’minlash bo‘yicha tushunchalarini kengaytirdi.

Mazkur seminar ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish va ijodiy g‘oyalarni iqtisodiy qadriyatga aylantirish borasida muhim o‘quv-amaliy maydon bo‘lib xizmat qildi.