O‘zbekiston Milliy universiteti pedagog xodimlar va talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” nomli ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovni e’lon qiladi!
🗣Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
🔺1) Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi
🔺2) Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra
🔺3) Eng yaxshi tyutor
🔺4) Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi
🔺5) Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi
🏆 Tanlov g‘oliblari universitet bosqichida yuqori 3 ta o‘rinni egallagan ishtirokchilar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, faol ishtirok etganlar faxriy yorliqlar bilan mukofotlanadi.
🗓 Tanlovda ishtirok etish istagidagilar 17-oktabrga qadar Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.
“Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanIovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM bilan tanishing 👉 PDF