Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Italiyalik olimlar “Oqsoq ota” o‘quv-dala amaliyot bazasida master-klass o‘tishdi

Ayni kunlarda Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti talabalari Toshkent viloyati «Oqsoq ota» o‘quv-dala amaliyot bazasida yozgi amaliyotini o‘tamoqda.

30-may kuni Italiyaning Piza universiteti Yer haqidagi fanlar fakulteti, dotsent Anna Gioncada va PhD Maria Di Rosa xalqaro hamkorlik doirasida mazkur amaliyot bazasida bo‘lib, fakultetning 1-bosqich talabalariga “Umumiy geologiya” fanidan master-klass o‘tishdi.

Xorijiy olimlar o‘qituvchi va talabalar bilan fikr almashib, fakultet hamda «Geologiya» kafedrasi faoliyati bilan tanishishdi.
Mehmon ma’ruzachilar talabalarni bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladigan “Oqsoq ota” o‘quv-dala amaliyot bazasida tashkil etilgan sharoitlardan mamnun ekanligini ta’kidlashdi.

Amaliyot davomida talabalar O‘zbekiston hududidagi foydali qazilma boyliklarni izlash, topish va «Geologiya» fanidan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash bo‘yicha izlanish olib bormoqda.

O‘zMU Axborot xizmati