Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

«Jaholatga qarshi ma’rifat» shiori ostida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Milliy universitetida 17-mart sanasidan boshlab fakultetlar kesimida «Jaholatga qarshi ma’rifat» shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Geologiya va muhandislik geologiyasi fakultetida shu mazmunda bo‘lib o‘tgan tadbirda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Jabbor Muhammadiyev, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Ra’no Rustamova, fakultet rahbariyati, yoshlar bilan ishlovchi universitetning tegishli mas’ullari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Davra suhbatida jamiyatda ma’naviy tahdidlarning oldini olish, yoshlarning sog‘lom dunyoqarashini shakllantirish va ularni turli salbiy ta’sirlardan himoya qilish masalalari muhokama qilindi