O‘zbekiston Milliy universitetining Taekvondo va sport faoliyati fakulteti tashabbusi bilan, qator respublika va xalqaro tashkilotlar hamda ilmiy muassasalar hamkorligida “Jismoniy tarbiya va sport sohasida ta’lim, tarbiya va innovasion texnologiyalarni joriy etish: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbir jismoniy tarbiya va sport sohasida olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlarni yangi mazmun bilan boyitish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va zamonaviy yondashuvlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishni maqsad qilgan holda tashkil etildi.Konferensiyada ushbu sohada faoliyat yuritayotgan yetakchi mahalliy va xorijiy olimlar, trenerlar, pedagoglar hamda mutaxassislar ishtirok etishdi. Anjumanda sport ta’limining samaradorligini oshirish, innovasion texnologiyalarni joriy etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va yoshlarning jismoniy tayyorgarligini yuksaltirishga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.








Tadbir davomida ilmiy ma’ruzalar tinglanib, so‘nggi ilmiy izlanishlar natijalari, yangi metodik yondashuvlar, xalqaro tajriba hamda amaliy tavsiyalar taqdim etildi. Mutaxassislar o‘zaro fikr almashib, sport sohasi rivoji uchun muhim taklif va yechimlarni ilgari surishdi.
Konferensiya yakunida Taekvondo va sport faoliyati fakulteti hamkorlari bilan birgalikda soha bo‘yicha ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va ta’lim jarayoniga zamonaviy metodikalarni joriy etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.