Bugun, 27-avgust kuni O‘zbekiston Milliy universitetida kafedra mudirlari uchun «Universitetda ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etish: muammo va yechimlar» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
🔹 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliginig 2024-yil 21-avgustdagi 321-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘tkazilgan mazkur tadbirda yangi o‘quv yilida o‘quv, o‘quv-uslubiy, HEMIS dasturi va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va boshqa masalalar haqida so‘z bordi.
🔹 O‘zMU O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Shuhrat Toshmatov, O‘quv jarayonlarini rejalashtirish va tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Vohidjon Topildiyev, Ta’limning kredit tizimini boshqarish boshqarmasi boshlig‘i Jasur Karimov va boshqa mas’ullar tomonidan mavzu borasida zarur tushunchalar berildi.