O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
✔️Yutuqlari:
➖2024-2025-o‘quv yilida Bobur nomli davlat stipendiyasi sohibasi.
➖ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzridagi X.Sulaymonova nomidagi respublika sud ekspertizasi markazining anjumanlar zalida o‘tkazilgan “O‘zbek ayollaridan birinchi akademik Xadicha Sulaymonovaning hayoti, faoliyati va ilmiy merosi” Respublika ilmiy konferensiyasida faol ishtirok etgan.
➖ O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida 2023-yil 28-30-sentabr kunlari tashkil etilgan “Huquqni muhofaza qilish faoliyatida fan, ta’lim va amaliyatning innovatsion hamkorligi: hozirgi tendensiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy forumda faol ishtirok etgan.
➖ O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida 2023-yil 19-24-dekabr kunlari tashkil etilgan “Kursantlarning ilmiy yutuqlari va innovatsion g‘oyalari” I ilm-fan festivalida faol ishtirok etgan.
➖ O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida 2023-yil 25-avgust kuni tashkil etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalarida kasbiy tayyorgarlikni ta’minlash: tendensiyalari va istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyada faol ishtirok etgan.
➖ 12 dan ortiq sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.
📘Ilmiy-uslubiy ishlari:
1 ta darslik hammualliflikda, 1 ta monogarfiya hammualliflikda, 11 dan ortiq maqola va tezislari OAK ro‘yxatidagi jurnallar, xorijiy jurnallar, xalqaro va respublika konferensiyalarida chop etilgan.
Turk tilidan milliy sertifikat B2 darajasi mavjud.