Kimyo fakulteti professor-o‘qituvchilari Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari bilan uchrashdi

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari bilan davra suhbati o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakulteti “Organik kimyo” kafedrasi dotsenti X.S. Tadjimuxamedov hamda “Organik sintez va amaliy kimyo” kafedrasi dotsent I.A. Xudoynazarov va PhD X.S. Toshovlar ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda professor-o‘qituvchilarning “Organik birikma xossalarining yangi zamonaviy ta’rifi”, “Kimyoda kompyuter modellash” kabi mavzularda ma’ruzalari tinglandi.

Davra suhbati ko‘tarinki ruhda o‘tib, maktab o‘quvchilarining kimyo faniga qiziqishi yuqori ekanligi namoyon bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, maktabda ko‘plab mintaqaviy kimyo olimpiadasi (Mendeleyev, Beruniy) hamda Umumjahon “Xalqaro kimyo olimpiadasi” g‘oliblari va sovrindorlari tahsil oladi.

Tadbir yakunida maktab direktori Mamura Tadjibaeva kelajakda kimyo fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikni davom ettirish va rivojlantirish istagini bildirib, ularga minnatdorchilik bildirdi.

O‘zMU Axborot xizmati