Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Kimyo fanidan 3D texnologiyalariga asoslangan interaktiv o‘quv qo‘llanma yaratish.

Ilmiy rahbari: Bekchanov Davronbek

Bajarilish muddati: 01.02.2021-31.01.2023

Loyiha shifri: A-OT-2021-133

Loyiha turi: Innovatsion

Kutilayotgan natijalar va ularning ahamiyati: Loyihadan kutilayotgan asosiy natija – Umumiy o’rta ta’lim maktablari 7, 8 va 9-sinf o’quvchilari uchun Kimyo fanidan tayyorlangan interaktiv elektron o’quv qo’llanma ta’lim jarayoniga joriy qilinishi bir qator iqtisodiy va ijtimoiy foyda keltirishi mumkin, misol uchin: Respublikamiz Xalq ta’limi tasarrufidagi jami umumiy o‘rta ta’lim maktablari soni 10 008 tani tashkil qiladi, xozirgi kunda bu maktablarda 6 mln. dan ortiq, shularda 5,3 mln. dan ortiq o‘quvchilar o‘zbek  tilida ta’lim olib kelmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fani 7, 8, 9, 10 hamda 11-sinflarda o‘qitiladi. Shuni inobatga olgan holda 7-sinfdan 11-sinfgacha o‘rtacha hisobda 2,5 mln. ga yaqin o‘quvchilar ta’lim olmoqdalar. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari, asosan yuqori sinf o‘quvchilari o‘quv darsliklari uchun yillik ijara puli to‘lashadi. Ijara pul miqdori 1 dona kitob uchun o‘rtacha 2200 so‘mni tashkil qiladi. Kimyo fani o‘quv materiali uchun 7 sinfdan 11- sinfgacha ta’lim oluvchi o‘quvchilar tоmonidan to‘lanadigan pulning o‘rtacha miqdori 5,5 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keladi. Yuqoridagi keltirilgan o‘rtacha hisob natijalarini inobatga olgan holda, umumiy o‘rta ta’lim maktablari 7-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun kimyo fanidan elektron o‘quv qo‘llanmalarni joriy qilish 5,5 mlrd. so‘m daromad keltiradi.

Hisobot davrida (loyiha yakunida) qo’lga kiritilgan muhim natijalar: O’tgan Loyiha boshlangandan shu vaqtgacha loyiha shartnоma kalendar rejasida ko’rsatilgan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

1.       Davlat ta’lim standarti asosida Xalq ta’lim vazirligi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari  o‘quv dastur va rejalari zamonaviy ta’lim standartlari bo‘yicha takomillashtiruvchi loyihasi shakllantirildi.

2.       Elektron o‘quv qo‘llanma Avogadro va ChemSketch dasturiy ta’minot vositalari asosida 7, 8 va 9 sinf darsliklari mavzulariga mos ravishda kimyoviy birikmalarning 3D ko‘rinishdagi bazasi shakllantirildi.

3.       Kompyuter dasturiy ta’minot vositasi Autoplay Media studio asosida 7, 8 va 9 sinf darsliklari ma’ruza mavzulari elektron ko‘rinishga o‘tkazildi.

4.       Video va Crocodile Chemistry programmasi yordamida tayyorlangan vizual laboratoriya ishlari 7, 8 va 9 sinflar darslik tarkibiga kiritildi.

5.       Elektron o‘quv qo‘llanmaga interaktiv element sifatida iSpring Quizmaker dasturiy ta’minot vositasi yordamida 7, 8 va 9- sinflar uchun o‘quvchilar o‘z-o‘zini baholovchi ko‘p imkoniyatli testlar tayyorlab kiritildi.

6.       Umumiy o‘rta ta’lim maktablari 7, 8, 9-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlangan interaktiv elektron o‘quv qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktablari va Xalq ta’lim o‘qituvchilari malakasini oshirish institutlarida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.

Muallifli guvohnomalari

  1. Bekchanov D. J., Muxamediуev M. G., Raximov T. H., Gafurova D. A.,Razakov G’. A. 7-sinf kimyo fanidan 3D texnologiyalariga asoslangan interaktiv elektron o’quv qo’llanma. 2021. Муаллифлик гувоҳномаси. № DGU20213221.
  2. Bekchanov D.J., Muxamedуiev M.G., Raximov T.H., Gafurova D.A., Razakov G.A., Хasanov Sh. 8-sinf kimyo fanidan 3D texnologiyalariga asoslangan interaktiv elektron o’quv qo’llanma. 2021. Муаллифлик гувоҳномаси. № DGU20213609.
  3. Bekchanov D. J., Muxamediуev M. G., Raximov T. H., Gafurova D. A.,Razakov G’. A., Хasanov Sh.  9-sinf kimyo fanidan 3D texnologiyalariga asoslangan interaktiv elektron o’quv qo’llanma. 2021. Муаллифлик гувоҳномаси. № DGU20213785.

Loyiha doirasida chop etilgan ilmiy ishlar

  1. Davron Bekchanov, Tohir Rakhimov, Mukhtar Mukhamediev, Eshchanov Ruzumboy, Khasanov Shadlik,ICT resources in chemistry: impact on the structure of education in Uzbekistan. Philosophical Readings XIII.4 (2021), pp. 2650-2655.
  2. Бекчанов Д. Ж., Мухамедиев М. Г., Гафурова Д. А., Рахимов Т. Х., Хасанов Ш. Б. Преимущества использования виртуальный лабораторийв обучении химии в средней школе. Universum: психология и образование. 2021. Ст. 1-5. 
  3. Рахимов Т.Х., Мухамедиев М.Г., Гафурова Д.А., Хасанов Ш.Б., Бекчанов Д.Ж. Сохранение и развитие навыков лабораторных занятий по химии в условиях самоизоляции. XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –9/2021. Ст. 164-166.
  4. Рахимов Т.Х., Мухамедиев М.Г., Бекчанов Д.Ж., Мирзаахмедова У.С., Хасанов Ш.Б. Проведение лабораторных занятий по дистанционному обучению. «КОМПЛЕКС БИРИКМАЛАР КИМЁСИНИНГ ДОЛЗАРБ МУАММОЛАРИ» мавзусидаги Республика илмий-амалий конференция. Тошкент 2021. Ст. 229-231.
  5. Рахимов Т.Х., Мухамедиев М.Г., Бекчанов Д.Ж., Хасанов Ш.Б. Роль интерактивного электронного учебного пособия в
    дистанционном обучении предмета химия. «КОМПЛЕКС БИРИКМАЛАР КИМЁСИНИНГ ДОЛЗАРБ МУАММОЛАРИ» мавзусидаги Республика илмий-амалий конференция. Тошкент 2021. Ст. 237-239.