Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Komil Xorazmiy tavalludining 200 yilligiga bagʻishlangan ilmiy-maʼrifiy anjuman boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Milliy universitetida Jurnalistika va oʻzbek filologiyasi fakulteti tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda taniqli shoir, Oʻzbek Milliy uygʻonish davri adabiyotining yirik namoyandasi Komil Xorazmiy tavalludining 200 yilligiga bagʻishlangan ilmiy-maʼrifiy anjuman boʻlib oʻtdi.

Anjumanda;

• “Komil Xorazmiyning musiqiy merosi” – Oʻzbekiston Maqom instituti dotsenti, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi Botir Matyoqubov;
• “Komil Xorazmiy ijodida murakkab strukturali janrlar” – f.f.f.d., dots. Dilrabo Qozoqboeva;
• “Komil Xorazmiy – Xorazm adabiy muhitining yetakchisi sifatida” – f.f.f.d., dots. Ulboʻsin Ametova;
• Qirgʻizistonning Oʻzbekistondagi akkreditatsiyalangan maxsus muxbiri Mahmud Kazakbayevlarning ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek, unda Jurnalistika va oʻzbek filologiyasi fakultetining yosh tadqiqotchilari qatorida talaba-yoshlari ham faol ishtirok etishdi. Ular tomonidan Komil Xorazmiy hayoti va ijodiga oid chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va she’riy kompozitsiyalar orqali o‘z ijodiy yondashuvlarini namoyish etishdi.

Mazkur tadbir Komil Xorazmiy merosini chuqur oʻrganish, yoshlar ongida milliy adabiyotga mehr uygʻotish va ijodiy faoliyatni ragʻbatlantirishga xizmat qiladi.

O‘zMU Axborot xizmati