Korobeynikova Lesya Grigorevna
Pedagogika fanlari doktori, professor Korobeynikova Lesya Grigorevna O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakultetida mehnat qilib kelmoqda. U xalqaro miqyosda tan olingan olim, jismoniy tarbiya va sport sohasi mutahasisi. Uning tadqiqotlari sport psixologiyasi, sport psixofiziologiyasi, psixodiagnostika va psixokorreksiya yo‘nalishlarida ilmiy ishlarni olib borgan. Faoliyati davomida dunyoning rivojlangan universitetlarida faoliyat yuritgan.
Quyidagi xalqaro jurnallar tahririyati aʼzosi hisoblanadi: “Martial Arts”, “Biological Almanax”, “Slobozhanskyi Herald of Science and Sport”.Scopus bazasidagi jurnallarda 74 tadan oshiq maqolalari chop qilingan.
Ma’lumoti
- 1982-1987 yillarda, Kiev davlat jismoniy tarbiya instuti, mutaxassisligi bo‘yicha «Jismoniy tarbiya va sport».
- 1998-2001 yillarda, Milliy fanlar akademiyasi, “Axborot texnologiyalari va tizimlari xalqaro ilmiy markazi” aspirant.
- 2001 yil Biologiya fanlari nomzodi (PhD) ilmiy darajasini olgan.
- 2009 yil dotsent unvoniga sazavor bo‘lgan.
- 2011-2015 yillarda, “Taras Shevchenko nomidagi Kiev Milliy Universiteti”, Doktoranti.
- 2015 yilda, «Olimpiya kurash turlari bo’yicha mashg’ulotlar va musobaqalar paytida inson tanasining psixofiziologik holati» mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan.
- 2016 yil professor unvoniga sazavor bo‘lgan.
Ixtisoslashgan sohalari
Trener-psiholog
Jismoniy tabiya va sport
Sport-psihologiyasi
Sport-fiziologiyasi
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati