Korvinus universiteti professori ishtirokida ma’ruza darslari boshlandi

Vengriyaning Korvinus universiteti professori Dyord Turi Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi tashabbusi bilan ma’ruza darslarini o‘tkazish uchun taklif etildi.

Bugun olimning dastlabki ma’ruzasida talabalarga akademik mobillik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berilib, ushbu yo‘nalishning amaliy jihatlari keng yoritildi.

Shuningdek, tashrif doirasida fakultet professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazilib, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ilmiy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.