Litvaning Vitautas Magnus universiteti professori, texnika fanlari doktori Leonidas Sakalauskas Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakultetida bo‘lib, “Kompyuter lingvistikasi” mutaxassisligi magistrantlari uchun “Ontologiya va semantik texnologiyalar” fanidan qiziqarli mavzuda ma’ruza o‘qidi.
Shuningdek, xorijlik olim xalqaro loyihalar bo‘yicha olib borayotgan ishlari yuzasidan ma’lumot berib, xalqaro konferensiyalarda yosh tadqiqotchilarni ishtirok etishga chorladi. O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlik istiqbollari xususida to‘xtalib o‘tdi.
Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kefedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur ma’ruza qiziqarli o‘tib, magistrantlar uchun foydali bo‘ldi.