2021 yilning 13-15 dekabr kunlari Polsha respublikasi Lublin shahrida joylashgan Lublin Texnologiya universitetida Buyuk Ipak yo’li tarixiy meroslarida axborot texnologiyalarning qo’llanilishiga ba’g’ishlangan “IT in Cultural Heritage of the Silk Road (IT-CHSR’2021)” xalqaro konferensiyasi bo’lib o’tmoqda.
Ushbu xalqaro konferensiyada O’zbekiston Milliy universiteti «Psixologiya» kafedrasi mudiri, professor D.Muhamedova boshchiligida delegatsiya o’zlarining ma’ruzalari bilan qatnashmoqdalar.
Shu jumladan, Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasidan dots. D.Saidov “Arxeologik artifaktlar uchun sun’iy intellect usullarining qo’llanilishi” va dots. K.Xudaybergenov “Sun’iy neyron to’rlaridan foydalanib 3D obyektlar yaratish” nomli ma’ruzalari bilan ishtirok qildilar.
2022 yilning may oyida O’zbekiston Milliy universiteti va Polsha Respublikasining Lyublin texnologiya universiteti bilan hamkorligida amalga oshirib kelinayotgan “3D DIGITAL SILK ROAD” loyihasi vazifalari doirasida professor-oʼqituvchilar uchun Lyublin texnologiya universitetida stajirovka oʼtab keldi.
Unda O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti «Umumiy psixologiya» kafedrasi mudiri Dilbar Muxamedova ham stajirovkada faol ishtirok etdi.
Pol’shaning Lublin texnologik universiteti delegasiyasi O‘zbekiston Milliy universitetida
2021 yil 17 avgust kuni professor Marek Milosz boshchiligidagi Pol’shaning Lublin texnologik universiteti delegasiyasi O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Delegasiyani universitet rektori Inom Madjidov va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova kutib oldilar.
Universitet professori Marek Milosz, axborot texnologiyalari sohasida yetakchi mutaxassis sifatida hamkorlikda amalga oshiriladigan CATAMARAN magistrlik dasturi hamda 3 D Digital Silk Road (birgalikda UrDU hamkorlar bilan, SAMGU, ChSPI) loyihalari natijalarini yuqori baholadi.
O‘z navbatida, rektor Inom Madjidov mehmonlarga tashriflari uchun minnatdorchilik bildirib, mazkur masalalarga alohida qiziqish bildirdi va ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada takomillashtirish, manfatli hamkorlikni barcha sohada rivojlantirish lozimligini va bu borada O‘zbekiston Milliy universiteti doimo tayyor ekanligini ta’kidladi.