Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz!

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetida “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida tozalik tadbiri tashkil etildi. Tadbirda fakultetning tyutorlari, ishchi-xodimlari hamda ko‘ngilli talabalar faol ishtirok etdi.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PQ–184-son qarorida belgilangan “2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi” doirasida amalga oshirildi. Qarorning 7-“b” kichik bandiga muvofiq, har oyda “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish belgilangan.

Tadbirning asosiy maqsadi — universitet hududida sanitariya holatini yaxshilash, chiqindilarni nazorat ostida yig‘ish va yo‘qotish orqali ekologik xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, toza va obod muhitni shakllantirishdan iborat. Shu bilan birga, talabalar o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, obodonlashtirish ishlariga mas’uliyat bilan yondashish kabi g‘oyalarga e’tibor qaratildi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, bu kabi tadbirlar doimiy asosda davom ettiriladi hamda boshqa fakultet va bo‘limlar o‘rtasida ham kengroq miqyosda yo‘lga qo‘yiladi.