Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Mamlakat miqyosida professional strateg-mutaxassislar tayyorlash tizimini yaratish uchun O’zMUda Moskva davlat universiteti bilan hamkorlikda Strategiya kafedrasi tashkil etilmoqda.

O‘zMU rektori, professor Inom Madjidov Rossiya strategiya maktabining asoschisi, strategiya nazariyasi bo‘yicha dunyodagi yirik mutaxassis, akademik Vladimir Lvovich Kvint bilan uchrashib, ushbu g‘oya yuzasidan kengashdi. Vladimir Kvint O‘zbekistonda tashkil etilayotgan Strategiya kafedrasini ilmiy rahbar sifatida boshqarishga tayyorligini bildirdi.

O‘zMU Strategiya kafedrasining uslubiy va ilmiy-pedagogik bazasini shakllantirish uchun MDUning 17 yildan beri muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan kafedrasi tajribasidan foydalaniladi.

Strategiya kafedrasining tashkil etilishi davlat xizmati uchun ham, mamlakatimizdagi kompaniyalar uchun ham professional strateglarni tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston Milliy universitetini O‘zbekistonda yetakchiga aylantiradi.