↪️18-mart kuni poytaxtimizda o‘tkazilgan hududiy bosqichga Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti mezbonlik qildi. (https://t.me/nuu_uz/18919) Yakuniy natijaga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy universitetining “Yuksalish” jamoasi 1-o‘rinni egalladi.
↪️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mezbonlik qilgan bellashuvda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi g‘olib bo‘ldi.
↪️ 19-mart kuni Toshkent davlat pedagogika universiteti mezbonlik qildi. Yakunida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasi keyingi bosqishga yo‘llanma oldi.
↪️ Toshkent davlat transport universiteti mezbonlik qilgan bellashuvda Toshkent iqtisodiyot va pedagogika institutining “Vorislar” jamoasi g‘oliblikni egalladi.
Hududiy bosqich bellashuvlari 28-mart kuniga qadar davom etadi.