Har qanday avlodni ulug‘laydigan jihat — uning orasidan chiqqan jasur, fidoyi va vatanparvar yoshlaridir. Ana shunday ibratli yoshlarimizdan biri — O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti 2-bosqich talabasi Qudratillayev Parvez Kamol o‘g‘li.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan Parvez Qudratillayev “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Bu mukofot uning matonati va jasoratiga berilgan yuksak e’tirofdir.

Universitetda Parvez Qudratillayev hayoti, iroda va vatanparvarlik ruhiga bag‘ishlangan qisqa metrajli motivatsion film namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilari yosh qahramonimiz hayotidan kuchli ruhiy turtki va ilhom oldilar.
Parvezga kelajakdagi ilmiy izlanishlari va shaxsiy hayotida yangi marralar, yuksak zafarlar tilaymiz!