Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Mediastudiya a’zolari ishtirokida muhokama uchrashuvi o‘tkazildi

Bugun, O‘zbekiston Milliy universitetida jurnalistika va blogerlik faoliyatiga qiziquvchi, videokontent tayyorlashga uquvi va tajribasi bor talabalardan tashkil topgan Mediastudiya a’zolari ishtirokida muhokama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti Jurnalistika kafedrasi mudiri, dotsent Mahliyo Mirsoatova, universitet Axborot xizmati rahbari Ilhom Xudoynazarov, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Miralisher Hasanov mediastudiya faoliyati, kontentlar tanlovi mezonlari va boshqa tashkiliy jarayonlar haqida batafsil tushuncha berishdi.

Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq muloqot shaklida fikr almashildi. Ishtirokchilar Mediastudiyaning istiqbolli loyihalari, mavzularni tanlashda dolzarblik, yangilik va auditoriyaga ta’sirchanlik kabi mezonlar asosida yondаshuv zarurligini ta’kidlab o‘tishdi.

Ma’lumot o‘rnida, mediastudiya talabalar uchun ijodiy va texnik maydon hisoblanib, unda ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar orasida tez-tez ko‘tariladigan va keng muhokama qilinadigan 10 ta mavzu va yo‘nalishlar bo‘yicha audio, video, grafika va boshqa turdagi mediakontentlar yaratiladi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga kelgusida amalga oshiriladigan kontent loyihalarida faol qatnashish, ijodiy yondashuv ва professional media malakalarini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 

O‘zMU Axborot xizmati