Egamberdiyev Hamroqul Tursunqulovich-Kafedra mudiri
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00
+998 99 804-78-07
KAFEDRA HAQIDA QISQACHA MA`LUMOT
Kafedra 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4896-son qaroriga binoan O‘zbekiston Milliy universitetida 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab yangi tashkil etilgan Gidrometeorologiya fakulteti negizida shakllandi.
Hozirgi kunda kafedrada 2 ta fan doktori, 3 ta fan nomzodi, 1 ta stajyor-o‘qituvchi, faoliyat olib bormoqdalar. Shuningdek o‘quv jarayonida talabalarga bilim berishda O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati huzuridagi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot institutidan f.-m.f.d. G.Mamdjanova va boshqa olim, mutaxassislar ishtirok etadilar.
Kafedrada 60520200 – Meteorologiya va iqlimshunoslik ta’lim yo‘nalishida kunduzgi va sirtqi ta’lim, 70520101 – Meteorologiya, iqlimshunoslik, agrometetorologiya (faoliyat turi bo‘yicha), magistratura mutaxassisligi uzluksiz ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Kafedra bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida, Suv xo’jaligi vazirligi tizimida, Qishloq xo’jaligi vazirligi tizimida, Mudofaa vazirligi, Ekologiya va atrof muhit muhofazasi davlat qo‘mitasida, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida xizmat ko’rsatishadi.
Kafedraning asosiy o’quv kurslari – meteorologiya va iqlimshunoslikka kirish, geofizika asoslari, meteorologiyada axborot o‘lchov tizimlari, atmosfera fizikasi, sinoptik meteorologiya, dinamik meteorologiya, meteorologik dasturlash tillari, O‘rta Osiyo sinoptik jarayonlari, masofaviy zondlash usullari, iqlimshunoslik, meteorologik hisoblashlar, meteorologik prognozlar, amaliy iqlimshunoslik, aviatsion meteorologiya, agrometeorologiya.
Hozirgi kunda kafedrada professor-o‘qituvchilari Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari bilan hamkorlikda “№ ALM-202107009 “Ob-havo prognozining COSMO-CA sonli modeli ma’lumotlari asosida xafvli gidrometeorologik hodisalar (kuchli shamol, jala yomg‘irlari, sel toshqinlari monitoring tizimi va uning mobil ilovasini yaratish”, Tuproqshunoslik va agrokimyo limiy-tadqiqot instituti xodimlari bilan hamkorlikda “A-QX-2021-309 raqamli «G‘o‘zani o‘g‘itlashda global iqlim o‘zgarishlariga mos NPK nisbatidagi innovatsion agrotexnologiyalarni yaratish” mavzuida ilmiy loyiha bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
- Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun alohida ko‘rinishda
Bakalavriat (meteorologiya va iqlimshunoslik) yo‘nalishida o‘qitiladigan fanlar
№ | Fan nomi | Fan haqida qisqacha ma’lumot |
1 | Meteorologiya va iqlimshunoslikka kirish | meteorologiya va iqlimshunoslik yo‘nalishidagi umumkasbiy va maxsus fanlar tizimi, ularning predmeti, tadqiqot ob’ekti va usullari, atmosfera va unda kechadigan jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi hamda ob’ektlari haqida umumiy tushunchalar berish. |
2 | Geofizika asoslari | Galaktikalar, Quyosh sistemasi, Yer va Yerning tarixiy geologik o‘tmishda shakllangan qobiqlari – litosfera, atmosfera, gidrosferaning fizik xususiyatlari hamda ularning o‘zaro aloqadorligi qonuniyatlari haqida bilim berish |
3 | Meteorologiyada axborot o‘lchov tizimlari | meteorologik o‘lchash asboblarining fizik prinsiplarini; meteorologik kattaliklarni o‘lchashning fizik xususiyatlarini o‘rgatish. |
4 | Atmosfera fizikasi | atmosferaning tarkibi va tuzilishi, uning barik maydoni va unda sodir bo‘layotgan termodinamik jarayonlar, radiatsion jarayonlar, atmosfera harorat rejimi, atmosferadagi namlik rejimi, atmosfera harakatlari dinamikasi, ularning o‘ziga xos xususiyatlari hamda har bir jarayonlarning atrof tabiiy muhit bilan o‘zaro ta’sirlari natijasida ro‘y beradigan hodisalar qonuniyatlarini o‘rgatish. |
5 | Sinoptik meteorologiya | Sinoptik ob’ektlar va ularning ob-havo sharoitlarini o‘rganish, uning noqulay oqibatlarini kamaytirish yo‘llarini ko‘rsatish |
6 | Dinamik meteorologiya | atmosferada ta’sir etuvchi kuchlar, atmosfera gidrotermodinamikasi tenglamalari, ularni soddalashtirish usullari, erkin atmosfera dinamikasi, asosiy harakat tenglamalarining natural koordinatalar sistemasidagi ko‘rinishlarini hamda atmosferadagi ajratish sirtlarining xossalarini va uning qiyalik burchagi masalalarini o‘rgatish |
7 | Meteorologik dasturlash tillari | mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, ilmiy muammolarni tahlil etishda matematik modellashtirish usullarini o‘rgatish |
8 | O‘rta Osiyo sinoptik jarayonlari | O‘rta Osiyo ustida kechuvchi makrosinoptik jarayonlarning ob-havo sharoitlari, statistik-stoxastik tavsifi, sinoptik jarayonlarning iqlim o‘zgarishlaridagi ahamiyatini o‘rgatish |
9 | Masofaviy zondlash usullari | atmosferani zondlash usullari (sharopilot, radiozond, raketa va yo‘ldosh, shuningdek meteorologik radiolokator)ni o‘rgatish |
10 | Iqlimshunoslik | Talabalarga iqlimning shakllanishi va uning o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi omillar va jarayonlarni o‘rgatish. |
11 | Meteorologik hisoblashlar | meteorologik ma’lumotlarni to‘plash, statistik qayta ishlash va tahlil qilishning zamonaviy usullarini o‘rgatish |
12 | Meteorologik prognozlar | ob-havo sharoitlarini o‘rganish va uni oldindan prognoz qilish, uning noqulay oqibatlarini kamaytirish yo‘llarini ko‘rsatish. |
13 | Amaliy iqlimshunoslik | amaliy tadqiqotlar uchun iqlimiy ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish |
14 | Aviatsion meteorologiya | parvozlarning havfsizli, muntazamligi va iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida parvozlarni meteorologik ta’minlash uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash. |
15 | Agrometeorologiya | atmosferaning tarkibi va tuzilishi, Quyosh radiatsiyasi, havo va tuproqning harorat rejimi, havo va tuproq namligining o‘simliklar hayotiga ta’siri hamda qishloq xo‘jaligi uchun xavfli hodisalarni o‘rgatish. |
Magistratura 70520101 – Meteorologiya, iqlimshunoslik, agrometeorologiya (faoliyat turi bo‘yicha), mutaxassisligida o‘qitiladigan fanlar
№ | Fan nomi | Fan haqida qisqacha ma’lumot |
1 | Atmosfera dinamikasi | atmosferada ta’sir etuvchi kuchlar, atmosfera gidroteromdinamikasi tenglamalari, ularni soddalashtirish usullari, erkin atmosfera dinamikasi, asosiy harakat tenglamalarining turli koordinatalar sistemalaridagi ko‘rinishlari va ularni yechish hamda atmosferadagi energiya aylanishi jarayonlari bilan tanishtirish. |
2 | Atmosfera umumiy sirkulyatsiyasi | atmosfera umumiy sirkulyatsiyasi ob’ektlari hamda tizimining shakllanishi va evolyusiyasi, iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashishning asosiy usullarini o‘rganish |
3 | Iqlim va uning o‘zgarishi nazariyasi | atmosferaning o‘rtachalangan meteorologik xarakteristikalari sifatida aniqlanuvchi iqlim shakllanishining sabablari, uning o‘zgarishi dinamikasi, shuningdek Yer iqlimi tasnifi va tavsiflari to‘g‘risida. |
Tanlov fanlar | ||
4 | Qishloq xo‘jaligi meteorologiyasi | mikroiqlim va fitoiqlim, iqlimning qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalari va kasalliklariga ta’siri, agrometeorologik kuzatish uchastkalarini tanlash, tashkillashtirish va kuzatishni o‘tkazish, fenologik fazalarni kuzatish tarkibi, muddati va belgilari, agrometeorologik, agroiqlimiy sharoitlar va ko‘rsatkichlar, o‘simliklar rivojlanishining o‘rtacha tezligini hisoblash va samarali havo harorati ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari |
5 | Umumiy agroiqlimshunoslik | Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarilishini ratsional joylashtirish maqsadida iqlimiy xususiyatlarini aniqlash, agrotexnik amallar va usullarni qo‘llashning iqlimiy asoslanganligi, qishloq xo‘jaligi mashinalarining ishlash sharoitlari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun iqlim va mikroiqlimni o‘rganish. |
6 | Bulut fizikasi | bulut va yog‘in hosil bo‘lishining termodinamik sharoiti, bulut zarrachalarining o‘sish mexanizimini o‘rganish, atmosferadagi bo‘ladigan barcha meteorologik hodisalar, bulut va yog‘in hosil bo‘lish jarayonlarining fizik asoslari va qonuniyatlarini o‘rganish |
7 | O‘rta Osiyo mintaqaviy sirkulyatsiyasi xususiyatlari | iqlimiy tizimlar, iqlimni shakllantiruvchi omillar va jarayonlar; iqlimning mavjud tasniflari; iqlimni rayonlashtirish; Yer sayyorasi iqlimi; O‘rta Osiyo sirkulyatsion sharoitlarining xususiyatlari |
8 | Kosmik meteorologiya | atmosferadagi fizik jarayon va hodisalarni tadqiq etishda maxsus hamda raketa, Yerning meteorologik sun’iy yo‘ldoshi, radiolokatsiya, aerostat, samolyot yordamida zondlash , Quyosh radiatsiyasi, radiatsiya balansi, nurli va issiqlik balansi o‘lchashlari usullari va asboblari, O‘zbekistonda kuzatiladigan turli ob-havo hodisalarini o‘rganish, to‘p-to‘p yomg‘irli bulutlar bilan bog‘liq bo‘lgan xavfli hodisalarni oldini olish masalalari |
9 | Xavfli meteorologik hodisalar prognozi | Ob-havo sharoitlarini o‘rganish va uni oldindan prognoz qilish uning noqulay oqibatlarini kamaytirish yo‘llarini ko‘rsatishdan iborat. Tabiatda bo‘ladigan noqulay jarayonlarning vujudga kelish sharoitlarini aniqlash, xavfli meteorologik hodisalarni oldindan prognoz etish usullari o‘rganish |
10 | Sonli ob-havo prognozlari | prognoz usullari nazariyasi va amaliyotining zamonaviy holati, prognostik modellarni tuzishga turli yaqinlashuvlar masalalari, sinoptik jarayonlarni o‘rta va qisqa muddatli prognozlashning fizik asoslari; ob-havo sonli prognoz usullarining asoslari; ob-havo sonli prognozida qo‘llaniladigan sonli modellar va ularning sxemalarini o‘rganadi |
11 | Atmosfera jarayonlariga faol ta’sir etish | ob-havo sharoitlarini insoniyat uchun qulay sharoit yaratishda korreksiya etish, bulutlar fizikasi va yog‘in hosil bo‘lish asosini yoritish, turli maqsadlar uchun faol ta’sir etish usullari, bu ishlarni samaradorligini baholash va faol ta’sir etish to‘g‘ri tashkil etilganda uning noqulay oqibatlarini kamaytirish yo‘llarini ko‘rsatish. |
12 | Meteorologiya va iqlimshunoslikning zamonaviy muammolari | umumiy metodologik muammolarini aniqlash, Yer gidrometeorologik tizimining tashkil etuvchilari orasidagi asosiy o‘zaro bog‘liklarni o‘rganish, Yerning suv va havo qobiqlari holati bilan bog‘liq insoniyatning global muammolari bilan tanishish, atmosfera va gidrosferaga antropogen ta’sir jarayonlari va oqibatlarini hamda iqlimiy tizimning kelajakdagi holatini prognozlashni o‘rganish, quruqlik suvlari va atmosferani tadqiq etishning asosiy xududiy va xalqaro dasturlari, bu tadqiqotlarda ishtirok etuvchi tashkilotlar bilan tanishish |
13 | Biometeorologiya | Meteorologik kattaliklarning tirik organizmlariga ta’sirini o‘rganish, iqlim sharoitlariga moslashish |
Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida
№ | Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh | Ilmiy darajasi, unvoni | Dissertatsiya ishi mavzusi |
1. | Xolbaev Gulman Xolbaevmch | g.f.n. | O‘zbekistonda sug‘oriladigan hududlarda donli ekinlar mahsuldorligini agrometeorologik baholashning nazariy asoslari |
3. Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot
Meteorologiya va iqlimshunoslik kafedrasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet), Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, xorijiy universitetlardan Rossiya federatsiyasining Sankt-Petrburg gidrometeorologiya instituti, Moskva davlat universiteti, Yaponiyaning Kioto va Chiba universitetlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
4. Kafedra tarkibi
№ | Familiya ismi sharifi | Elektron pochta |
1. | Egamberdiev Hamroqul Tursunqulovich g.f.d., professor v.b., – kafedra mudiri | ext1961@mail.ru |
2. | Xolmatjanov Baxtiyar Maxamatjanovich g.f.d., professor v.b. | bkhol@mail.ru |
3. | Petrov Yuriy Vasilevich f.-m.f.n., professor | yuvpet@mail.ru |
4. | Xolbaev Gulman Xolbaevich g.f.n., dotsent | khgulmon@mail.ru |
5. | Shermuxammedov Ulug‘bek | |
6. | Axmuratova Barno | @mail.ru |
5.To‘garaklar
“Yosh meteorologlar” ilmiy to‘garagi;