Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Mikrobiologiya instituti bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Kuni kecha, 19-mart kuni O‘zbekiston Milliy universiteti o‘quv ishlari bo’yicha prorektori Shuhrat Toshmatov boshchiligidagi bir guruh mas’ullar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutida bo‘ldi.

Biologiya fakulteti Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi bakalavr va magistrantlarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda dastlab institut rahbariyati bilan hamkorlik masalasida fikr almashildi.

Institut direktori bilan suhbat davomida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan yangi reja va tashabbuslar ilgari surildi, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.

Shundan so‘ng, Institut laboratoriyalari ko‘zdan kechirilib, institut xodimlari va biriktirilgan talabalar tomonidan bajariladigan tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishib chiqildi.

O‘zMU Axborot xizmati