Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Milliy universitetda talabalarga vaqtinchalik ro‘yxatga olish tartibi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

🎥 Bugun, 5-sentabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetida Olmazor tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi bilan hamkorlikda talaba yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini hamda chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan manzili bo‘yicha vaqtinchalik ro‘yxatga o‘tkazish tartibini tushuntirishga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

🔴 Unda Olmazor tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimlari Butayev Azizjon Bustinovich va Eshoqulov Habib Ibragimovich ishtirok etishdi.

🔴 Mazkur seminar-treningda mahalliy va xorijiy talabalarga O‘zbekiston hududida vaqtinchalik ro‘yxatga o‘tish, ijara turish hamda manzilni o‘zgartirganda qayta ro‘yxatdan o‘tish tartiblari tushuntirildi.

🔴 Xususan, 2025-yil 10-iyulda qabul qilingan 1074-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun mohiyati haqida tushuntirish berildi. Uchrashuvda talabalar va fakultet tutorlari mazkur yo‘nalish bo‘yicha o‘zlarining savollariga aniq va to‘liq javoblar oldilar.

🔴 Uchrashuvda yangi o‘quv yili boshida tashkil qilingan mazkur seminar-treningning mazmun mohiyatini barcha bosqich talabalari, xususan xorijiy talabalarga yetkazish zarurligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, Olmazor tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimlari mazkur sohada qo‘shimcha uchrashuvlar va tushuntirishlar o‘tkazishga hamohang ekanliklarini bildirishdi.