Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

“Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi” bilimlar tanlovi o‘tkaziladi

 

O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 25-moddasida, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (hozirgi O’zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi) va uning hududiy organlari, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida o‘z vakolatlari belgilangan.

Qo‘mita va uning hududiy organlari, o‘z vakotalari doirasida aholining iste’molchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Aholi, xususan yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni kuchaytirish, ularning iste’molchilar huquqlarni himoya qilish va bilimlarini yanada oshirish maqsadida, har yili “15-mart Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni”ga bag‘ishlangan “Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi” bilimlar tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, 2025-yildagi tanlovga 25-fevraldan start berilgan bo‘lib, unda talabalar oliy ta’lim muassasalarida, respublika fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimida (https://olimpiada.edu.uz/) platformasida ro‘yxatdan o‘tgan holda, tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

Batafsil ma’lumot olish uchun, https://raqobat.gov.uz/ rasmiy sahifasi hamda https://olimpiada.edu.uz/ va 71/207-47-00 (ichki raqam: 321) telefon raqami orqali olishingiz mumkin.