Joriy yilning 20-fevralida Qozog‘iston Respublikasida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida davlat arbobi, xalqlar do‘stligini tarannum etgan buyuk mutafakkir shoir Mir Alisher Navoiy ijodini chuqur o‘rganish orqali o‘zbek tilining badiiy xususiyatlarini, turkiy xalqlar hamdo‘stligini targ‘ib qilishga qaratilgan “Navoiy o‘qishlari” nomli xalqaro ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovda talabalarning Navoiy ijodiga doir bilimlari yozma va og‘zaki turlar bo‘yicha baholandi. Tanlov natijasiga ko‘ra O‘zMU Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Ergasheva Nilufar faxrli 1-o‘rinni egallab, 1-darajali Diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
