Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Novosibirsk davlat universiteti professori O’zMU talabalariga ma’ruza o’qimoqda

Novosibirsk davlat universiteti professori, texnika fanlari doktori Baraxnin Vladimir Borisovich joriy yilning 5- oktabridan boshlab O‘zbek filologiyasi fakulteti Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi magistrlari uchun “Tabiiy tillarni qayta ishlashda statistik metodlar ” fanidan ma’ruza o’qimoqda.

Ilk ma’ruzada Novosibirsk davlat universiteti professori, texnika fanlari doktori Rodionov Aleksey Sergeyevich hamda Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti professori, texnika fanlari doktori Elmira Nazirova hamda dotsent Shahnoza Abidova ham ishtirok etdi.