Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

OʼzMU iqtidorli talabalari nufuzli konferentsiyada tarjimon sifatida ishtirok etadi


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan 2021 yil 15-16 iyulь kunlari Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʼliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferentsiya boʼlib oʼtishi rejalashtirilgan.
Konferentsiya ishida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti, Аfgʼoniston Islom Respublikasi Prezidenti, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari, boshqa xorijiy davlatlarning tashqi ishlar vazirlari va yuqori darajadagi vakillari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, global moliyaviy institut va kompaniyalar, yetakchi ilmiy-tadqiqot va tahliliy markazlarning rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Oliy darajadagi xalqaro konferentsiyaga tashrifi kutilayotgan xorijlik mehmonlarga hamrohlik qilish, tarjima ishlariga koʼmaklashish maqsadida Oʼzbekiston Milliy universitetidan 40 nafar iqtidorli talaba-yoshlar koʼngilli tarjimon-volontyorlar sifatida saralab olingan. Mazkur talabalar ayni vaqtda Toshkent shahridagi “Hilton” mehmonxonasida tashkil qilingan Markaziy shtabda Oʼzbekiston Milliy universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha prorektor Kamoliddin Mirzaaxmedov hamda Xorijiy filologiya fakulьtetining Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosari Xurshidjon Ergashev boshchiligida faoliyat koʼrsatib kelmoqdalar. Bu yerda koʼngilli tarjimon-volontyor talabalar uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan.
Bu kabi nufuzli xalqaro konferentsiyada ishtirok etish – universitet talaba-yoshlariga xorijiy mehmonlar bilan toʼgʼridan-toʼgʼri muloqot qilish bilan birga, ularning tarjimonlik mahoratlarini oshirishi hamda oʼquv amaliyotlarini yanada mutahkamlash imkoniyatlarini yaratadi.

Yoshlar bilan ishlash,
maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi