Tajribali mutaxassislarni jalb qilgan holda turizm mutaxassislari uchun sifatli xizmat ko‘rsatishning ilg‘or usullarini tatbiq qilish maqsadida 2023-yil 18-noyabr kuni Jizzax viloyati Forish tumanida O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan Jizzax va Sirdaryo viloyati soha mutaxassislari uchun “Forish-Arnasoy-Zomin turizm halqasi: Mehmonxona servisi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda universitet prorektori R.Musurmanov, bo‘lim boshlig‘i H.Boymatov, professor-o‘qituvchilar A.Bababekov, A.Tulyayev, I.Murtozoyev, Sh.Fayziyeva, A.Mamadiyorov hamda Jizzax viloyati Forish, Zomin, Arnasoy va Sirdaryo viloyati Xovos tumanlarining turizm sohasi mutasaddi rahbar-xodimlari, turfirma rahbarlari, mehmonxona vakillari onlayn ZOOM platformasida ishtirok etishdi.
![](https://nuu.uz/wp-content/uploads/2024/02/photo_2024-02-19_16-44-45-1024x768.jpg)
![](https://nuu.uz/wp-content/uploads/2024/02/photo_2024-02-19_16-44-50-1024x576.jpg)
![](https://nuu.uz/wp-content/uploads/2024/02/photo_2024-02-19_16-44-53-1024x576.jpg)