Qozog’istonning Olma-Ota shahridagi Qozoq-German Universitetida “Green Central Asia” dasturi doirasida “8-Green Summer School” bo’lib o’tdi. Unda yosh ilmiy izlanuvchilar, xususan, O’zbekiston Milliy universiteti Gidrometeorologiya fakulteti magistrant bitiruvchisi – Darxon Yarashev va 3-bosqich talabasi Farruh Imomnazarovlar «Suv va yer resurslarini boshqarish bo’yicha ilmiy bilimlarni Markaziy Osiyoda sohada qarorlar qabul qilish bilan bog’lash» mavzusida o’z bilimlarini oshirdilar.
